loader

Biznesni ekspress va kompleks moliyaviy ...

Bank va Moliya

Biznesni ekspress va kompleks moliyaviy tahlil qilish

Onlayn va ofisda

1000000 uzs

Hamkor IGD GLOBAL
(0 Reyting)

Xizmat tavsifi

Boshqaruv va moliya hisobotlari asosida kompaniyaning moliyaviy holatini chuqur baholash, yashirin kassa uzilishlari (кассовый разрыв), samarasiz xarajatlar va foyda o‘sish nuqtalarini aniqlash.

Xizmat kimlar uchun zarur:

  • Pul mablag‘lari qayerda ekanligini (foyda va hisobraqam sifatidagi qoldiq o‘rtasidagi tafovutni) aniq tushunmayotgan biznes egalari uchun.

  • Investitsiyalar yoki bank kreditlarini jalb qilishni rejalashtirayotgan kompaniyalar uchun.

  • Kassa uzilishlarini kamaytirish va xarajatlar tuzilmasini optimallashtirishni xohlaydigan rahbarlar uchun.

Ish tarkibiga nimalar kiradi:

  1. Asosiy hisobotlar tahlili: P&L (daromad va xarajatlar), Cash Flow (pul harakati) va Balance Sheet (balans) auditi.

  2. Rentabellik va likvidlikni baholash: ROI, ROS, EBITDA ko‘rsatkichlari, to‘lov qobiliyati va aktivlar aylanmasi darajasini hisoblash.

  3. Moliyaviy xatarlarni aniqlash: muddati o‘tgan debitorlik/kreditorlik qarzdorliklari va samarasiz muzlatilgan mablag‘larni topish.

  4. Optimallashtirish bo‘yicha tavsiyalar: xarajatlarni qisqartirish, qarzdorlikni nazorat qilish va sof daromadni oshirish bo‘yicha aniq reja tayyorlash.

Mijoz uchun natija:

  • Kompaniyaning daromad va xarajatlar tuzilmasining to‘liq shaffofligi.

  • Kassa uzilishlarini bartaraf etish va moliyaviy xatarlarning oldini olish bo‘yicha aniq reja.

  • Banklar, investorlar va hamkorlar uchun tayyor moliyaviy hisobot.

Bu xizmatni bron qilmoqchimisiz??

Jami sharhlar: 0

(0)
5 yulduz
4 yulduz
3 yulduz
2 yulduz
1 yulduz
Bu xizmat uchun hali sharh yo‘q.!
0 Savat
0uzs