Buyurtma asosida mini mebel ustaxonasi tashkil etish Biznes-Rejasi
Aholining sifatli, zamonaviy va o‘lchamiga mos buyurtma mebellarga (oshxona garnituri, shkaf-garderob, ofis va tijorat mebellariga) bo‘lgan talabi kun sayin ortib bormoqda. Mebel ishlab chiqarishni professional va tejamkor tartibda yuritish — bozor talabidan kelib chiqib barqaror daromad keltiruvchi eng istiqbolli yo‘nalishlardan biridir.
Ushbu tayyor "MAKON MEBEL" brendi misolidagi biznes-reja orqali siz noldan boshlab o‘ta tejamkor va to‘g‘ri strategiya asosida (qimmat uskunaga mablag‘ni “qotirmasdan”, outsourcing va zamonaviy yondashuvlar yordamida) professional mini mebel ustaxonasi ochishingiz yoki uni investorlarga taqdim etishingiz mumkin.